Prezident farmoni bilan «2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, bu yilgi kvotalar to‘g‘risidagi prezident farmoyishida nodavlat universitet va institutlar uchun 1000 ta grant o‘rni ajratilishi belgilangan.
Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTM yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi va 1-iyulgacha Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligi saytida eʼlon qilinishi kerak.
Xususiy OTM imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilgi qabuldan boshlab nodavlat OTM uchun ham 1000 ta davlat granti ajratilishi boshlangandi.


