1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qamchiq dovonida rasmga tushmoqchi bo‘lgan ikki kishi vafot etdi

Ayni vaqtda o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Qamchiq dovonida rasmga tushmoqchi bo‘lgan ikki kishi vafot etdi

 

8 yanvar kuni Qamchiq dovonida ikki nafar fuqaro qor uyumi bosib qolishi oqibatida vafot etdi.

 

Hodisa sodir bo‘lgan hududda jami 8 kishi bo‘lgan, ulardan biri zaxira yo‘lga o‘tib suratga tushayotgan vaqtda sirpanib, yiqilgan. Yordam bermoqchi bo‘lgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustiga bir necha metrlik qor uyumi qulagan. Natijada ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, holat Toshkent-Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lining 141-kilometrida sodir bo‘lgan. Ushbu hudud zaxira yo‘l hisoblanib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari sheriklari murojaatidan so‘ng darhol voqea joyiga yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa oqibatida vafot etgan ikki nafar shaxs 1993-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilganligi aniqlangan.

 

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini, marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика