Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Qamashi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Koson tumanidagi “B.I.” fermer xo‘jaligi rahbari A.F. hamda Qamashi tumanidagi “P.S.” fermer xo‘jaligi rahbari S.p. xo‘jalikning elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 349,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


