1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda bodom gulladi

Mutaxassislarning fikricha, bu kelasi yil hosili uchun yomon taʼsir qilishi mumkin.

Qashqadaryoda bodom gulladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida bodom gullagani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. 

 

“Uzb_meteo” sayti bergan maʼlumotlarga ko‘ra oxirgi ikki uch kun respublikaning katta qismida aprel oyining o‘rtalariga xos iliq, bahoriy havo kuzatilgan. Janub viloyatlarda harorat maksimumlari +20 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa yuqoridagi kabi ertapishar bodom daraxtida gullash holatlarini keltirib chiqargan.

 

Bu, tabiiyki, ommaviy gullash emas, ammo bunaqa issiq kunlar yana ikki uch kun davomiy kuzatilsa, janub va voha hududlarida bodom daraxtlarida gullash hodisalari kuzatilishi ham bor gap.

 

Munojat Valiyeva

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика