Kecha, 12 iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani Taxtapul MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lida somon bog‘lami (press) ortilgan qizil rangli KAMAZ yonib ketdi [https://t.me/qarshifvb/7394]. Qayd etilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv-bo‘linmasi jalb qilinib, yong‘inga soat 17:54 larda to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog‘lami yongan. Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani Shirinobod MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo‘lgan, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.