Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida kanal chetidagi yo‘lning oldida «Vaz-2106» rusumli avtomashina yonib ketganligini, avtomashina ichidagi haydovchi o‘rindig‘ida inson jasadi borligini haqidagi xabarlar tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.


