Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti rusumli avtomashina yonib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea 17 aprel kuni soat 13:00 larda G‘uzor tumani “Bo‘ston” MFY hududida yuz bergan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan YPX katta inspektoriga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasining ehtiyot qisimlarida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sababli yong‘in kelib chiqqan.
YPX xodimi tomonidan tezkorlik bilan qo‘llanilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.


