1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga qamaldi

U uchta jinoyat ishi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga qamaldi

Qirg‘iziston sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevni sirtdan 11,5 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi. U uchta jinoyat ishi bo‘yicha — noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019 yilda Qoy-Tosh qishlog‘ida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, Atambaevning mol-mulki musodara qilinadi.

 

Shuningdek, sud qaroriga asosan, Atambaev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiev davlatga 5,4 milliard so'm (taxminan 60 million AQSh dollari) to‘lashi kerak. Shodievning o‘zi ham mol-mulki musodara qilinib, 15,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni o‘tab bo‘lgach, yana uch yil davomida davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика