1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Qon saratonining oldini olish usuli topildi

Endi dorilar orqali saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatish mumkin.

Qon saratonining oldini olish usuli topildi


AQSHning Vanderbilt universiteti olimlari TCL1A genini bloklash keksa yoshli kishilarda qon saratoni rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aniqladi.


Buning uchun 5000 dan ortiq kishining tibbiy ma’lumotlari tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayralari bo‘linishini qo‘zg‘atuvchi genni topishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, endi TCL1A geniga yo‘naltiriladigan dorilar orqali saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatish mumkin.

 

Mualliflar fikricha, yosh o‘tishi bilan inson organizmdagi bo‘linuvchi hujayralar turli mutasiyalarga uchraydi. Ularning aksariyati zararsiz. 


Ammo keksa yoshli kishilarning 10 foizdan ortig‘ida qon saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mutasiyalar rivojlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика