1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda is gazidan uch kishi vafot etdi

Fojia qo‘lbola isitish pechining noqonuniy ulanishi oqibatida sodir bo'lgan.

Qoraqalpog‘istonda is gazidan uch kishi vafot etdi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 13-dekabr kuni “Samanko‘l” OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar ko‘chasida joylashgan ijaradagi uyda yashab kelgan fuqaro A.J. uyini isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan boshqa xonaga ko‘chirgan hamda uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.

 

Mazkur holat oqibatida xonada gaz yonishidan hosil bo‘lgan tutun — is gazi to‘planib, fuqaro A.J. va uning ikki nafar nabirasi kuchli zaharlangan. Natijada 2011-yilda tug‘ilgan A.S. (8-sinf o‘quvchisi) va 2015-yilda tug‘ilgan A.Q. (4-sinf o‘quvchisi) hamda fuqaro A.J. voqea joyida vafot etgan.

 

Tuman hokimligi marhumlarning oilasiga ijtimoiy yordam ko‘rsatilayotganini bildirdi. Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика