1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozogʻiston oʻzining uchirish moslamasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda

Tegishli dasturga ko'ra, raketa 2030-yilga qadar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Qozogʻiston oʻzining uchirish moslamasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston o‘zining uchirish moslamasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Tegishli dasturga ko‘ra, o‘ta yengil uchirish moslamasi 2030-yilga qadar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Qozog‘iston sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyevning TASS agentligiga ma’lum qilgan.

 

“Bizning Qozog‘istondagi ishlanmamiz 2030-yilgacha amal qiladigan o‘ta yengil uchirish moslamasidir. Biz kosmik kuchning muhim belgisi bo‘lgan mustaqil kosmik parvozlarni amalga oshirish uchun o‘z uchirish moslamamizni yaratish maqsadida ushbu dasturni bosqichma-bosqich ishlab chiqmoqdamiz”, — dedi vazir.

 

Madiyevning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 2030-yilga qadar raketasini ishlab chiqish dasturi ustida ishlayotgan ilmiy institutlar koalitsiyasi faoliyat yuritmoqda.

 

Shuningdek, mamlakatda ilgari rejalashtirilgan birinchi meteorologik raketaning sinovdan o‘tkazilishi Qozog‘istonning o‘z ultra yengil uchirish moslamasini ishlab chiqish bosqichlaridan biri bo‘lishi qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика