1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda migrantlarni ro‘yxatga olishning yangi qoidalari tasdiqlandi

90 kungacha bo‘lish muddatiga ega davlatlar fuqarolariga, jumladan o‘zbekistonliklarga ham yangi tartib qo‘llanadi.

Qozog‘istonda migrantlarni ro‘yxatga olishning yangi qoidalari tasdiqlandi

 

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda vaqtinchalik bo‘lib turgan migrantlarni ro‘yxatga olish tartibiga doir yangi qoidalarni tasdiqladi. Mazkur tartib 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi va bo‘lish muddati 90 kungacha etib belgilangan davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

 

Yangi reglamentning asosiy yangiligi — ro‘yxatga olish jarayonining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi.

 

Amaldagi talablarga muvofiq, migrantlar Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kun ichida ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Endilikda bu jarayon migratsiya xizmatining elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Tizimga migrantning shaxsiy ma’lumotlari, pasport ma’lumotlari, tug‘ilgan sana, yashash manzili hamda ularni qabul qiluvchi shaxsning ma’lumotlari kiritiladi.

 

Turar joyni taqdim etuvchi fuqaro mobil ilova orqali ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi xabarnoma oladi va o‘z roziligini tasdiqlaydi. Rozilik bildirilganidan so‘ng migrantning shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi shakllantiriladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish rad etilishi mumkin bo‘lgan holatlar:

  • taqdim etilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri bo‘lishi;
  • migrantning Qozog‘istonda belgilangan bo‘lish muddatini buzishi;
  • yashash joyi egasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish

 

Migrantlar manzilini o‘zgartirgan taqdirda, yangi manzil bo‘yicha besh ish kuni ichida qayta ro‘yxatdan o‘tishi shart. Avvalgi manzil tizimdan avtomatik tarzda o‘chirib tashlanadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish turar joy binolari, kvartiralar, yotoqxonalar, mehmonxonalar, sanatoriyalar va yashash uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlarda amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика