1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Avtobus salonida jami 34 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatida o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Yong‘in Abay tumanidan o‘tuvchi “Ostona – Qarag‘andi – Olmaota” avtomobil yo‘lining 960-kilometrida, “Ostona – Chimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobusning motor qismida sodir bo‘lgan.

 

Yong‘in favqulodda xizmatlar yetib kelishidan oldin avtobus haydovchilari tomonidan bartaraf etilgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari barcha yo‘lovchilarni xavfsiz evakuatsiya qilgan va yo‘l chetidagi oromgohga olib borib, zarur yordam ko‘rsatgan.

 

Avtobus salonida jami 34 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 9 nafari bolalar. Yo‘lovchilar orasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ham Samara–Chimkent avtomobil yo‘lida sovuqda qolib ketgan O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика