1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istondagi konda gaz portladi

Hodisa oqibatida yetti nafar ishchi halok bo‘ldi.

Qozog‘istondagi konda gaz portladi

Hodisa mamlakatning Ulytau viloyatidagi Jomart konida sodir bo‘ldi, natijada yetti nafar konchi vayronalar ostida qolib, halok bo‘ldi.

 

“Kazaxmis” kompaniyasi hodisaga tabiiy gaz portlashi sabab bo‘lganini maʼlum qildi va bunday holat ularning konlari uchun “noodatiy” ekanini qayd etdi.

 

Halok bo‘lgan konchilarning oilalariga o‘rtacha yillik ish haqining o‘n baravari miqdorida tovon puli va dafn marosimini tashkil qilish uchun 2 million tenge (4 ming AQSH dollari) to‘lab beriladi.

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика