1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qurilish vazirligi: Toshkentdagi “9 ming nosoz lift” haqidagi xabarlar asossiz

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentda 9 144 ta lift mavjud, shundan 1 835 tasi yangilanishi lozim.

Qurilish vazirligi: Toshkentdagi “9 ming nosoz lift” haqidagi xabarlar asossiz

 

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Toshkent shahrida 9 mingdan ortiq lift nosoz holatda” degan xabarlarni asossiz deb atadi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozirda mamlakat bo‘yicha 5 491 ta ko‘p qavatli uyda jami 13 798 ta lift mavjud. Shundan 12 987 tasi yo‘lovchi, 811 tasi yuk tashishga mo‘ljallangan.

 

Toshkent shahrida esa 3 245 ta ko‘p qavatli uyda 9 144 ta lift o‘rnatilgan bo‘lib, ularning 1 835 tasining ekspluatatsiya muddati tugagan. Biroq ularni 2025–2028 yillar davomida bosqichma-bosqich yangilash ishlari Hukumatning 2025-yil 17-fevraldagi 98-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilda 452 ta liftni yangilash ishlari yakunlanmoqda.

 

Vazirlikka ko‘ra, mamlakatdagi barcha liftlar har yili majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘rikda aniqlangan kamchiliklar esa liftlar nosoz degani emas, balki bu profilaktik nazorat va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan texnik jarayon hisoblanadi.

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aholining xavfsizligi hamda qulay yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida lift xo‘jaligi sohasida doimiy monitoring olib bormoqda. Shuningdek, sohani modernizatsiya qilish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi islohotlarni izchil davom ettiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика