1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ramzan Qodirovning qizi bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi

24 yoshli Ayshat Qodirova bungacha respublika madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelgan.

Ramzan Qodirovning qizi bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova bosh vazirning ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari etib  tayinlandi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

24 yoshli Ayshat Qodirova bungacha respublika madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelgan. Uning o‘rnini Checheniston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Musa Dadayev egallaydi. Checheniston rahbarining aytishicha, qizini bu lavozimga tayinlash taklifi respublika hukumati raisi Muslim Xuchiyev tomonidan ilgari surilgan.

 

 

“Albatta, Ayshat Qodirova viloyat Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirishga katta hissa qo‘shgan va katta ish tajribasini to‘plagan”, — deydi Ramzan Qodirov.

 

Eslatib o‘tamiz, 4-sentabr kuni Putin Ayshat Qodirovani II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagandi. Hujjatga ko‘ra, 24 yoshli Qodirova bir qancha odamlar qatori “milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati uchun” taqdirlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика