1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Reshford "Milan"ga o'tishi mumkin

Futbolchining ayni vaqtdagi transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Reshford "Milan"ga o'tishi mumkin

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Reshford “Milan” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqida insayder Janluka Di Marsio o‘z sahifasida ma'lumot begran.

 

Manba bergan xabarga ko'ra, Italiya klubi "qizil iblislar" futbolchining maoshining katta qismini o'z zimmasiga olishini istamoqda. Har ikki tomon ham sotib olish huquqisiz olti oylik ijara shartnomasidan manfaatdor.

 

Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Reshfordning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

Joriy mavsumda hujumchi “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика