
U Angliyaning «Manchester Citi» klubi haqida ko‘proq maʼlumot olish uchun Kanselu, Silva va Diash bilan gaplashgan. «Manchester Citi» agar Keynni sotib ololmasa, Ronaldu «shaharliklar» tarkibiga o‘tishi mumkin. Chunki «Tottenhem» rahbari o‘z hujumchisini 200 milliondan kamiga sotmasligini maʼlum qildi.
Bugungi kunda Manchester klubi uchun Ronaldu eng to‘g‘ri variant sifatida ko‘rilmoqda. Portugaliyalik futbolchi «Manchester Citi»ning shu yilgi transferi ro‘yxatidan joy oldi.
Avvalroq Ronalduning «Yuventus» klubini tark etmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Jamshid Amirov


