1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya AQSh ta’qib qilgan tankerni kuzatish uchun suvosti kemasi yubordi

Moskva AQSh tomonidan to‘xtatilgan Marinera tankeri atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi.

Rossiya AQSh ta’qib qilgan tankerni kuzatish uchun suvosti kemasi yubordi

 

 

The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Rossiya Venesuela yaqinida AQSh tomonidan ta’qib ostiga olingan neft tankerini kuzatish maqsadida suvosti kemasini yuborgan. Gap avval Bella 1 nomi bilan tanilgan, hozirda esa Marinera deb ataladigan tankер haqida bormoqda.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ushbu kemani Venesuela atrofida sanksiyalar ostidagi neft tashishiga qarshi joriy etilgan cheklovlarni chetlab o‘tishga urinishda gumon qilgan. Biroq tanker Venesuelada to‘xtab, neft yuklay olmagan va natijada bo‘sh holda qolgan. Shunga qaramay, AQSh Sohil qo‘riqlash xizmati uni Atlantika okeanida kuzatishda davom etgan.

 

WSJ yozishicha, Marinera hozirda Islandiyadan taxminan 450 kilometr janubda joylashgan bo‘lib, Shimoliy dengiz tomonga harakatlanmoqda. Shu bilan birga, AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligi Shimoliy Atlantika hududida tanker AQSh federal sudi chiqargan order asosida to‘xtatilganini tasdiqlagan.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa AQSh tomonidan qo‘lga olingan Rossiya kemasi bilan bog‘liq vaziyat Moskva tomonidan sinchkovlik bilan kuzatilayotganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda hodisa yuzasidan diplomatik va huquqiy baho berilishi mumkinligi istisno etilmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика