Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirmoqda Bu haqda Indoneziya Prezidenti ma’lum qildi.
“Ha, Si Szinpin sammitda bo‘ladi, Prezident Putin ham menga kelishini aytdi”, — dedi Vidodo.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bir kun avval Putin Vidodo bilan telefon orqali muloqot qilgan va tomonlar boshqa muammolar qatorida sammitga tayyorgarlik masalasiga ham to‘xtalgan.
Sammit 15-16-noyabr kunlariga belgilangan. Tadbirga Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning “Katta yettilik” sammitida ishtirok etish formati bo‘yicha hali qaror qabul qilinmaganini ma’lum qilgandi.


