Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 8 iyuldan beri Rossiya armiyasi, shuningdek, Ukraina hududiga 170 dan ortiq hujumchi dron va 80 ga yaqin raketa uchirgan.
Avvalroq, Zelenskiy AQSHga tashrifi yakunida G‘arbga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan va yangi qo‘llab-quvvatlash choralari, xususan, Ukrainaga yangi Patriot tizimlari va o‘nlab boshqa havo mudofaa tizimlari ajratilishi kerakligini aytgan edi.


