Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ukrainaga qarshi urush olib borish uchun qo‘shimcha inson resurslarini qidirib, Rossiya koloniyalarida ayollarni faol ravishda jalb qilmoqda. Bu haqda Ukraina rasmiylari maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ular birinchi navbatda ayol mahbuslar orasidan shifokorlar va snayperlarni qidirmoqda. Qamoqdagi ayollarga pul va uyga qaytish imkoniyati vaʼda qilingan. Ularning ko‘plari tirik qaytishlariga ishonib, taklif qilingan shartlarga rozi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik huquq faollari va ommaviy axborot vositalari ham ayollarning Ukrainaga qarshi urushga jalb qilingani haqida xabar berishgandi.


