Rossiyaning RaHDIt xakerlik guruhi Ukraina xavfsizlik xizmatining 700 dan ortiq xodimlarining shaxsiy maʼlumotlarini eʼlon qildi. RF maxsus xizmatlari bu faktlarning haqiqat ekanini tasdiqlagan.
RaHDIt Ukrainadagi harbiy mojaro boshlanganidan buyon "Nemezida" nomli axborot resursini yuritib keladi. Bugun oshkor qilingan maʼlumotlar orasida Ukraina maxsus xizmatlari xodimlarining suratlari, telefon raqamlari va hatto yashash manzillari ham bor.
Rossiya-Ukraina nizosi boshlanganidan buyon ushbu xakerlik guruhi 755 ta saytga hujum uyushtirgan.
Avvalroq Anonymous” xakerlari Rossiyaning aviatsiya serverlarini buzib kirgani maʼlum bo‘lgandi.


