1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada firibgar folbinlar jazolanishi mumkin

Firibgarlik uchun 12 ming dollargacha jarima taklif qilindi.

Rossiyada firibgar folbinlar jazolanishi mumkin

 

Rossiyada sehrgarlar, folbinlar va ruhshunoslar tomonidan amalga oshirilayotgan firibgarliklarga qarshi kurash kuchaymoqda. Endilikda bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan jarimalar miqdorini 1 million rublgacha — taxminan 12 ming AQSh dollarigacha — oshirish taklifi ilgari surildi.

 

Davlat Dumasining mintaqaviy siyosat va mahalliy boshqaruv qo‘mitasi rahbari Aleksey Didenko Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan. Uning fikricha, bunday yolg‘on xizmatlar ayniqsa, keksa va hissiy jihatdan zaif fuqarolarni aldash orqali keng tarqalmoqda.

 

Taklif matnida keltirilishicha, ko‘plab "ezoteriklar" rus fuqarolarining mablag‘larini turli aldovlar bilan qo‘lga kiritib, muntazam ravishda ularni yo‘ldan ozdiradi. Ezoterik xizmatlar bozori esa hozirda milliardlab rublni tashkil qilmoqda.

 

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, firibgarlar jabrlanuvchiga 4,5 million rubldan kam zarar yetkazsa, 120 ming rublgacha (1400 dollar atrofida) jarimaga tortiladi. Zarar ko‘proq bo‘lsa, bu miqdor 500 ming rublgacha (3 ming dollar) yetadi.

 

Didenko esa bu choralarni yetarli emas deb hisoblab, ezoterik faoliyat orqali amalga oshiriladigan firibgarliklar uchun Jinoyat kodeksiga alohida moddani kiritishni taklif qildi — bu modda doirasida jarima 500 mingdan 1 million rublgacha bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика