1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

15 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan majburan chiqarib yuboriladi

Migrantlar yo‘l bo‘yida ommaviy mushtlashib ketgan.

15 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan majburan chiqarib yuboriladi

Krasnodar viloyatining Tuapse shahrida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilishi maʼlum bo‘ldi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy mushtlashuv aks etgan videolar tarqaldi. Unda bir guruh fuqarolar yo‘l bo‘yida mushtlashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

 

Shungan so‘ng, 2024 yil 24 aprel kuni Tuapse shahrida bo‘lib o‘tgan mushtlashuvda qatnashgan 15 nafar shaxs O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlandi. Ularning barchasiga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

Qo‘lga olinganlar neftni qayta ishlash zavodida ish olib borayotgan tashkilot xodimlari bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика