1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda bankdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

Fuqaro qidiruvdagi mashinasini kechki vaqtlarda boshqarib yurgan.

Samarqandda bankdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro varaqasiga asosan, Majburiy ijro byurosining Ishtixon tumani bo‘limi ish yurituvida javobgar fuqaro F.E.ga nisbatan ijro hujjati kelib tushgan.

 

Ushbu hujjatga ko‘ra, javobgar F.E.dan daʼvogar “KapitalbankAJ foydasiga 297 million so‘m miqdoridagi qarz undirilishi lozim.

 

Qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjati talablari bajarilmagani sababli, amaldagi qonunchilikka muvofiq, unga tegishli “Malibu 2” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilindi.

 

Keyinchalik davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qarzdorga tegishli “Malibu 2” avtomashinasi faqat kechki vaqtlarda harakatlanayotgani aniqlandi.

 

Hozirda mazkur avtomashina belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan bo‘lib, ijro hujjatining to‘liq ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика