Urgutda kelishmovchilik sabab buzilgan oila boshqa-boshqa yashay boshlagandi. Oradan vaqt o‘tib kelin kuyovdan sepini qaytarib ololmagach, sudga murojaat qilgan.
Byuroning Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining ajrimiga asosan daʼvogar foydasiga javobgar – kuyov tomondan 33 turdagi mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Byuroning Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochisi Shavkat Suyunboyevning maʼlum qilishicha, olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor daʼvogarga tegishli mol-mulklarini qarshilik ko‘rsatmasdan topshirish, aks holda majburiy ijro harakatlari olib borilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng undiruvchi ijro manzilga chaqirtirilib davo arizasida ko‘rsatilgan 33 turdagi mol-mulklarini olib berilishi taʼminlangan.


