1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda kreditdan qarzdor korxona sotuvga qo‘yildi

Korxona binosi umumiy 4.6 mlrd so‘mga baholangan.

Samarqandda kreditdan qarzdor korxona sotuvga qo‘yildi

AITB Biznesni rivojlantirish banki tomonidan Samarqand shahridagi “A.S.” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 milliard 650 million so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2025 yil 15 iyundagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tegishli choralarni ko‘rmagan.

 

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk – korxona binosi 4 milliard 650 million so‘mga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика