1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 kishi vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 kishi vafot etdi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni noqonuniy kavlab olayotgan 5 kishi zaharlandi. Bu haqida Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

 

9-yanvar kuni soat 20:00 larda Paxtachi tumani “Guliston” mahallasida yashovchi besh kishi “Qoraqo‘ton” tog‘ koniga qarashli shaxtaga tushib, generator va boshqa uskunalar yordamida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kavlab olayotganida generatordan chiqqan is gazidan zaharlangan.

 

Oqibatda ularning ikki nafari shaxta ichi pastki qismiga yiqilib, shaxta devori toshlariga urilib voqea joyida vafot etgan. Qolgan fuqarolar is gazidan zaharlanish bilan 10-yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

 

Hozirda ikki kishining o‘limi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика