Bugun, 10 mart kuni soat 09:33 da Samarqand shahar “Birdamlik” MFY Gulobod ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:36 da yetib borib, soat 10:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxona shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.


