Bugun, 11-dekabr kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi elektr podstansiyasida yong‘in chiqdi. Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:18da Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” podstansiyasidagi transformatorda yong‘in yuzaga kelgan. Natijada tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga viloyat sektorlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari chiqib, holatni nazoratga olishgan.
Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


