1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi qabristonda yong‘in chiqdi

Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Samarqanddagi qabristonda yong‘in chiqdi

 

Bugun, 8-iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi. 


Qayd etilishicha, soat 15:01 da “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang‘li” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:28 da bartaraf etilgan. 


Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Qabristonning taxminan 4 sotix maydonida quruq o‘t yongan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand shahridagi 2 ta MCHJ binosida yong‘in chiqqandi. Oqibatda taxminan 200 kvadtar metr maydonda binoning tomi va shift qismi yonib zararlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика