1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti o‘tkaziladi

Uchrashuv 26-27 dekabr kunlariga belgilangan.

Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti o‘tkaziladi

 

26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev maʼlum qildi.

 

“Keyingi hafta MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgda muhim norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidentining taklifiga binoan bu uchrashuv 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, bu bizning hamkorligimizga qo‘shimcha turtki beradi”, — dedi Lebedov.

 

Avvalroq Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov dekabr oxirida Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitini o‘tkazish rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan edi, biroq aniq sanaga oydinlik kiritmagan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lgandi. Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan edi. Unda ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика