1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari Bayden bilan gaplashishni istamadi

Shu bilan birga ular o‘tgan hafta davomida ikki marta Putin bilan telefonda muloqot qilgan.

Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari Bayden bilan gaplashishni istamadi

 

Yaqin Sharqning ikki davlati yetkachilari Bayden bilan muloqot qilishdan bosh tortdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

 

Gap BAA va Saudiya Arabistoni haqida ketmoqda. AQSH Prezidenti Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uglevodorodlar bozoridagi vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Unda neft qazib chiqarish muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

 

Xuddi shunday vaziyat BAA Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd al Naxayon bilan ham takrorlangan.

 

The Wall Street Journal ular Bayden bilan gaplashishdan bosh tortganiga qaramay, o‘tgan haftada Putin bilan telefon muzokaralari o‘tkazganiga eʼtibor qaratgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiyaning Ukrainaga qarshi maxsus operatsiyasi boshlangach, AQSH Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘ydi. Shuningdek, Yevropaning ham Moskva uglevodorodlaridan voz kechishga chaqiriqlar yangramoqda. Oqibatda neft narxi 2008 yilgi rekordni takrorladi. Gaz esa tarixiy rekord qayd etib, 7 mart kuni ming kubometr tabiiy gazning narxi 4000 dollarni tashkil etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YI Rossiya gazidan hozir voz kecha olmasligi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика