1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Saudiya Valiahdi Oq uyda Tramp bilan muzokaralarni boshladi

Muhammad bin Salmon AQSh Prezidenti bilan yopiq eshiklar ortida mudofaa, yadroviy hamkorlik, Isroil bilan aloqalarni normallashtirish kabi strategik masalalarni muhokama qiladi.

Saudiya Valiahdi Oq uyda Tramp bilan muzokaralarni boshladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud juda muhim muzokaralar o‘tkazish maqsadida Vashingtondagi Oq uyga tashrif buyurdi. OAV xabarlariga ko‘ra, shahzoda Amerika Prezidenti Donald Tramp bilan yuzma-yuz, yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, u Amerika siyosiy doiralarining nufuzli vakillari bilan kechki ishchi ovqatda ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Ushbu oliy darajadagi uchrashuvda tomonlar bir qator strategik va dolzarb masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgan. Eng avvalo, yangi mudofaa shartnomasini imzolash, Saudiya Arabistoniga Amerikaning zamonaviy F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish imkoniyatlari, shuningdek, yadroviy energiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish kabi harbiy-texnik va energetik masalalar diqqat markazida bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlar, xususan, Isroil bilan aloqalarni normallashtirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuvlar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari borasida hamkorlik o‘rnatish va mintaqadagi eng og‘riqli nuqta – G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda. Bu uchrashuv nafaqat ikki davlat, balki butun Yaqin Sharqning kelajakdagi siyosatini belgilab berishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика