1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Ular mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

 

Bugun, 16 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Turkiy davlatlar tashkiloti favqulodda sammiti doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

O‘tgan yilgi tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar, yaqinda o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining samarali yakunlari, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshayotgani va ustuvor tarmoqlarda sheriklik kengayib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

“Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish ishlarini boshlash hamda energetika, mashinasozlik, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga muhim eʼtibor qaratildi.

 

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика