1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan telefonlashdi

Muloqotda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan telefonlashdi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya Bosh vazirining joriy yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.

 

Parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari sezilarli faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 29 may kuni Putrajaya shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. O‘zbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashi tuzildi.

 

Sanoat, “yashil” energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Gumanitar almashinuv va ziyorat turizmi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика