1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tokiodan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

Prezident Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining yigʻilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Tokiodan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturini yakunlab, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

 

Tokio shahrida o‘tgan tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, parlament rahbarlari, hukumat a’zolari, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tashrifning muhim natijalaridan biri sifatida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida “Kelajak avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik” to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, transport, shaharsozlik va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishildi. Yaponiya bilan tadbirlar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xaneda” xalqaro aeroportidan Sankt-Peterburgga kuzatib qo‘yildi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика