1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan Koreya Respublikasi Prezidentini tabrikladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan Koreya Respublikasi Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yana-da o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

 

"Biz Koreya Respublikasi bilan do‘stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida eʼtibor qaratamiz. Aminmanki, Sizning Prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi",

 

- deyiladi maktubda.

 

Prezidentimiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика