1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sholts: Rossiya yadro tahdidlarini to‘xtatdi

Germaniya kansleri bunga qaysi omillar tufayli erishilganini maʼlum qildi.

Sholts: Rossiya yadro tahdidlarini to‘xtatdi

 

Rossiya yadro tahdidini kamaytirdi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Sholts maʼlum qildi.

 

"Urush avvalgidek shafqatsiz davom etayotganini ko‘ryapmiz. Ammo bir narsa o‘zgardi: xalqaro hamjamiyat "qizil chiziq" deb aytganidan so‘ng yadro qurolini qo‘llash bilan tahdid qilish to‘xtadi", — degan u Funke Media Group‘ga bergan intervyusida.

 

Kanslerning qo‘shimcha qilishicha, hozirda eng ustuvor vazifa jangovar harakatlarning to‘xtatilishi va Rossiya qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi hisoblanadi. Keyin esa Yevropa xavfsizligini taʼminlash ustida ishlash kerak.

 

"Albatta, biz Rossiya bilan Yevropada qurollarni nazorat qilish masalasini muhokama qilishga tayyormiz. Biz buni urushgacha ham taklif qilgandik", — degan Sholts.

 

Bir necha kun oldin Vladimir Putin ham yadro tahdidi masalasini ko‘targandi. Rossiya inson huquqlari kengashi aʼzolari bilan yig‘ilishda u bu kabi tahdidlar mavjudligini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика