1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shu yilning o‘zida oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun 6,2 trillion so‘m ajratiladi

Xususan, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, QQS qaytariladi.

Shu yilning o‘zida oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun 6,2 trillion so‘m ajratiladi

 

Yig‘ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi taʼminlay olmayotgani tanqid qilindi.

 

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.

 

Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

 

 

Oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun shu yilning o‘zida 6,2 trillion so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi. Jumladan:

 

- Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablag‘lari uchun 700 milliard so‘m ajratiladi;

 

- aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.

 

1 apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi bo‘lmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu mablag‘lar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10 yilgacha 14 foizdan ajratiladi.

 

Shu bilan birga, intensiv bog‘ va tokzorlar, logistika obyektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi, tadbirkor 20 foizini oldindan to‘laydi, qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi.

 

Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика