1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

U Cobalt avtomashinasida Qashqadaryodan poytaxtga sotish maqsadida olib kelinayotgan bo‘lgan.

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida isteʼmolga yaroqsiz va sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

 

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanida joylashgan YPX maskanida Сobalt avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda transport vositasining salon va yukxonasida isteʼmolga yaroqsiz 250 kilogramm mol go‘shti borligi aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro mazkur go‘sht mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sotish uchun olib kelayotgan bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga tekshirish maqsadida hujjatlar taqdim etilib, qonuniy tartibda jazo qo‘llash uchun ish Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Guliston shahar bo‘limiga yuborilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика