1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

Prezident farmoni bilan majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

 

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

 

Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

 

Natijada joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика