1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda fuqarolar MIB xodimlarini toshbo‘ron qildi

Shundan so’ng 4 kishi IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Surxondaryoda fuqarolar MIB xodimlarini toshbo‘ron qildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida bir necha fuqarolar IIB xodimlari tomonidan olib ketilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2022 yil 2-fevral kungi “Noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish” hamda “Noturar yer maydonidan chiqarish haqida”gi sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bo‘limining ijro hujjatiga asosan, joriy yilning 8-iyun kuni soat 10:00 ga majburiy ijro harakatlari tayinlangan. Tegishli tashkilot xodimlari belgilangan joyga borishganida javobgarlar ularga to‘sqinlik qilib, ijro harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan va ma’sullarga tosh va g‘isht bo‘laklarini otishgan.

 

Oqibatda jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati yetkazgan to‘rt nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика