1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Surxondaryoda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin ravishda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yog‘ga o‘xshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика