Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqalgandi.
Holat yuzasidan maʼlum qilinishicha, voqea “Boymoqli” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, o‘zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Natijada holatga aloqasi bo‘lmasada shu atrofda turganlardan biri xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
"Bu kun" informatsion dasturining xabar berishicha, ayblanuvchi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


