1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tataristondagi fermada yirik yong‘in yuz berdi

Unda o‘zbekistonliklar ham halok bo‘lgan.

Tataristondagi fermada yirik yong‘in yuz berdi

Tataristonning Malorechenskiy qishlog‘idagi chorvachilik kompleksi hududida ishchilar vaqtincha yashashi uchun mo‘ljallangan uy yonib ketdi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘inda 6 nafar ishchi halok bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, yong‘in vaqtida uyda jami 39 kishi bo‘lgan. Bir soat ichida yong‘in o‘chirilgan. Hodisa joyida olti kishining jasadi topilgan. Halok bo‘lganlarning besh nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика