1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Temiryo‘lchilardan bolajonlarga maxsus bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbir 100 nafarga yaqin bolalar uchun tashkillashtirildi.

Temiryo‘lchilardan bolajonlarga maxsus bayram tadbiri tashkil etildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 100 nafarga yaqin bolalar uchun Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Bu yerda barpo etilgan zamonaviy attraksionlarga boy bolalar o‘yingohida ular maroqli dam olishdi. Bayram tadbirida Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi bo‘lim boshlig‘i Xurshida Nabieva bolajonlarga “O‘zbekiston temir yo‘llari” faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.

 

 

 

 

Tadbir doirasida bolajonlar uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Temir yo‘l texnikasi muzeyiga sayohat ham uyushtirildi. Muzey mutaxassisi Lankevich Vladimir Andreyevich bolalarga bir asrdan ortiq tarixga ega ushbu muzey faoliyati, bu yerda saqlanayotgan parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagonlar hamda boshqa tarixiy eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tarixiy ahamiyatga ega poyezdlarni tomosha qilishdi hamda yangi barpo etilgan ko‘rkam favvora atrofida sayrga chiqishdi.

 

Tadbir yakunida Temir yo‘l texnikasi muzeyi rahbariyati tomonidan bolalar uchun bayram dasturxoni ham tashkil etildi.

 

                                                                                                                                  Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика