1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Rossiyalik tennischi endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi

Polina Kudermetova rasman sport fuqaroligini o‘zgartirdi.

Rossiyalik tennischi endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, rossiyalik professional tennischi Polina Kudermetova rasman sport fuqaroligini o‘zgartirib, endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Polinaning yangilangan milliy belgilari Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) va Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) rasmiy saytlaridagi profilida aks etgan.

 

Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, Kudermetova WTA reytingida 104-o‘rinda turib, eng yorqin va istiqbolli tennischilaridan biri hisoblanadi. Karyerasidagi eng yuqori yakkalik reytingi 2025-yil 14-aprelda 54-o‘ringa teng bo‘lgan. U professional maydonda yakka bahslar bo‘yicha 4 ta ITF, juftlik bahslarida esa 4 ta ITF titulini qo‘lga kiritgan va ITF World Tennis Tour turnirlarida muntazam ravishda yuqori natijalar ko‘rsatib keladi.

 

Polinaning 2025-yildagi yutuqlari:

 

  • WTA 500 Brisbane (2025) — finalga chiqish, yarim finalda Anjelina Kalininani 6–4, 6–3 hisobida mag‘lub etib, o‘z karerasidagi eng yirik turnir finaliga yo‘l oldi.
  • Darya Kasatkina ustidan g‘alaba (2025) — reytingi yuqori bo‘lgan Darya Kasatkinani mag‘lub etib, ilk bor WTA top-100 taligiga kirdi.
  • WTA turnirlarida chorak final va yarim final bosqichlari — Seul va Merida kabi turnirlarda yuqori natijalarni qayd etdi.
  • WTA 1000 China Open — Pekindagi turnirda ikkinchi bosqichga chiqib, Maddison Inglisni 7–5, 7–6(9–7) hisobida mag‘lub etdi.

 

  • ITF turnirlari — asosiy yutuqlar
  • W50 Indore (2024) — chempion
  • W40 Astana (2023) — chempion

 

Shu bilan birga W25 Jerusalem, W25 Istanbul, W25 Raanana va W15 Kazan kabi turnirlar g‘olibi bo‘lgan.

 

O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati ta’kidlaganidek, Polina Kudermetova bundan avval ham Kazan va Antaliyada unvonlarni qo‘lga kiritib, har xil qoplamalarda — xususan hard va gruntda — barqaror natija ko‘rsatgan.

 

Federatsiya xabariga ko‘ra, Polinaning O‘zbekiston tarkibiga qo‘shilishi ayollar tennisi rivoji uchun muhim qadam bo‘lib, milliy terma jamoa uchun yirik xalqaro startlar oldidan jiddiy kuchayish sifatida qabul qilinadi. U O‘zbekiston sharafini himoya qilishni tanlagan beshinchi tennischi bo‘lib, buni oldin Kamilla Rahimova, Mariya Timofeyeva, Aleksandra Barmicheva va Layma Vladson fuqaroligini o‘zgartirgan edi.

 

Polina Kudermetovaning qarori O‘zbekiston tennisining xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi va milliy terma jamoaga yangi imkoniyatlar yaratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика