Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida I va II toifadagi sanoat obyektlarida ekologik nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Monitoring doirasida Yashnobod tumanida joylashgan “TEXNOPARK” MCHJga qarashli cho‘yan quyish sexi tekshiruvdan o‘tkazildi. Tadbir davomida korxonada chang-gaz tozalash qurilmasi mavjud bo‘lishiga qaramay, u orqali me’yoridan ortiq chiqindilar atmosferaga chiqarilayotgani aniqlangan. Shuningdek, sex faoliyati bo‘yicha ekologik ekspertiza xulosasi olinmaganligi qayd etildi.
Ushbu aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda choralar qo‘llanib, qo‘shimcha to‘lovlar hisoblab chiqildi.
Ekologik nazorat ishlari izchil davom etmoqda.


